Prezident yig`ilishda vaziyatni o`nglash bo`yicha mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi.
Bosh vazir A.Aripov va energetika vaziri J.Mirzamahmudovga bor imkoniyatlarni ishga solib, mavjud resurslarni adolatli taqsimlab, muammoli mahallalarda odamlarga zudlik bilan yordam ko`rsatadigan tizim yaratish topshirildi.
Kelgusida bunday vaziyatga yo`l qo`ymaslik uchun hozirdan aniq choralarni belgilash, ya`ni qaerda gaz bo`lmasa, suyultirilgan gaz yoki ko`mir etkazishni bugundanoq hal qilish vazifasi qo`yildi.
Ikki oy muddatda xorijdan malakali mutaxassislarni olib kelib, boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish bo`yicha amaliy ishlarni boshlash vazifasi qo`yildi.
Energiya ta`minotida qaerda uzilish bo`lgan bo`lsa, uning sabablarini ko`rsatib, oqibatlari qancha muddatda bartaraf etilishini odamlarga tushunarli tarzda etkazish zarurligi qayd etildi.
Bugungi sovuq kunlarda qarzdorlik deb, xonadonlarni elektr va gazdan uzilishiga yo`l qo`yilmasligi ta`kidlandi.






