AsosiyJamiyat

Vazir Prezidentning Singapurga tashrifidan ko`zlangan maqsadlar haqida gapirdi

'Vazir Prezidentning Singapurga tashrifidan ko`zlangan maqsadlar haqida gapirdi'ning rasmi

Avvalroq, 16-18 yanvar kunlari Shavkat Mirziyoev Singapurga tashrif buyurishi haqida xabar qilgandik.

O`zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov tashrifdan ko`zlangan maqsadlar haqida o`z fikrini ma`lum qildi:

"Ishonchim komilki, bo`lajak oliy darajadagi tashrif hamkorligimiz tarixida yangi sahifani ochib beradi.

Biz ushbu oliy darajadagi tadbir imkoniyatlaridan to`liq foydalanib,  uning kun taritibini istiqbolli va yuqori samarali kelishuv hamda bitimlar bilan boyitishga bel bog`laganmiz. Biz bu maqsadga erishish uchun singapurlik do`stlarimiz bilan yaqindan hamkorlik qilishni rejalashtirganmiz", - deydi vazir.

    Boshqa yangiliklar