Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta`lim sohasidagi vakolatlariga asoslanib, viloyat hududida sovuq ob-havo sharoiti saqlanib qolayotganidan kelib chiqib, Surxondaryo viloyatidagi mavjud umumta`lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va o`rta maxsus ta`lim hamda barcha maktabgacha ta`lim muassasalarida qishki ta`til 18 yanvarga qadar uzaytirildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, o`quv mashg`ulotlari 18 yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.






