AsosiyJamiyat

Qo`shni Turkmaniston O`zbekistonga gaz eksportini vaqtincha to`xtatdi

'Qo`shni Turkmaniston O`zbekistonga gaz eksportini vaqtincha to`xtatdi'ning rasmi

Turkmaniston sovuq ob-havo tufayli yuzaga kelgan texnik sabablarga ko`ra 12 yanvardan boshlab O`zbekistonga gaz eksportini to`xtatdi. Yaqin vaqt ichida gaz etkazib berish qayta tiklanishi kutilmoqda. Bu haqda "Gazeta.uz" turli manbalarga tayanib xabar bermoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, 12 yanvar kuni "Turkmangaz" davlat konsernidan unga qarashli gaz ishlab chiqarish korxonalaridagi muammolar va "Daryoliq" orqali gaz ta`minoti to`xtatilgani haqida telefonogramma kelib tushgan.

Turli manbalardan olingan ma`lumotlarga ko`ra, gaz ta`minoti to`xtatilishiga "Galkanish" gaz kondensati koni ichidagi kommunikasiyalarida gidrat hosil bo`lishi sabab bo`lgan. Bu kuchli sovuqlarda sodir bo`ladi va fors-major hodisadir, deb tushuntirdi mutaxassislar.

O`zbekistonga gaz etkazib berishning to`xtatilishi bilan bir qatorda Turkmaniston yuzaga kelgan muammolar tufayli Turkmaniston-O`zbekiston-Qozog`iston-Xitoy gaz quvuriga tabiiy gaz etkazib berishni sezilarli darajada qisqartirishga majbur bo`ldi.

O`zbekistonda gaz iste`molini vaqtincha tejash rejimi joriy etildi. Ikki davlat mutaxassislari texnik nosozliklarni bartaraf etish ustida ish olib bormoqda. Turkmanistondan gaz etkazib berish yaqin vaqt ichida tiklanishi kutilmoqda, deya xabar beradi manbalar.

Dekabr oyida O`zbekiston birinchi marta Turkmaniston bilan to`g`ridan-to`g`ri, uchinchi tomon ishtirokisiz qisqa muddatli gaz etkazib berish bo`yicha shartnoma tuzdi. Turkmaniston tomoni O`zbekiston bilan uzoq muddatli, to`g`ridan-to`g`ri gaz etkazib berish sohasida hamkorlikni chuqurlashtirishga qat`iy intilishini ma`lum qildi.

Ma`lumot uchun, 14 yanvar, shanba kuni prezident administrasiyasi rahbari Sardor Umurzoqov muzokaralar uchun Ashxobodga borgani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar