Toshkent shaharidagi oziq-ovqat do`konlari va umumovqatlanish korxonalaridan tashqari barcha savdo va xizmat ko`rsatish shahobchalari, ko`ngil ochar savdo markazlari va istirohat bog`lari qisqartirilgan ish rejimiga o`tkaziladi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Ushbu cheklov havo-haroratining keskin pasayshi davrida aholi xonadonlariga elektr va gaz ta`minotini uzluksiz etkazish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Shu bois, barcha savdo va xizmat ko`rsatish shahobchalari, ko`ngil ochar savdo markazlari va istiroxat bog`lari ish faoliyatini ertalab soat 10-00 dan 17-00ga qadar amalga oshirishi lozim.
Ish vaqtidan so`ng, barcha elektr asboblari, isitish uskunalarini o`chirilgan holda elektr va gaz iste`molini to`xtatish talab etiladi.






