AsosiyJamiyat

Namanganda 4 ta xonadon yonib ketdi

'Namanganda 4 ta xonadon yonib ketdi'ning rasmi

2023 yil 14 yanvar kuni Chortoq tumani, “Komillik” MFY, Davlatobod tumani, “Nurobod” MFY, Uychi tumani, “Obod” MFY hududlaridagi 3ta xonadonda va bugun, 15 yanvar kuni soat 6:04da Pop tumani, “Guzar” MFY hududida joylashgan xonadonlarni birida yong`in sodir bo`ldi.Bu haqda viloyat FVB xabar bermoqda.

 Sodir bo`lgan yong`inlar, yong`in qutqaruvchilar tomonidan bartaraf etildi.

Yong`inlarning sabablari aksariyat xonani isitish maqsadida foydalanilayotgan gaz, o`tin, ko`mir va boshqa yoqilg`ilarni uzoq vaqt yoqib nazoratsiz qoldirilishi oqibatida sodir bo`layotganligi aniqlandi.

Sodir bo`lgan yong`inlar natijasida kuyib tan jaroxati olgan hamda halok bo`lganlar fuqarolar yo`q.

Hozirda sodir bo`lgan yong`inlar yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.  

 

 

    Boshqa yangiliklar