Nepalda 72 kishi (shundan to`rt nafari ekipaj a`zosi) bo`lgan yo`lovchi samolyoti halokatga uchradi, deya xabar berilmoqda "The Kathmandu Post"ning 15 yanvar kungi ma`lumotlari tayanib.
Halokatga uchragan samolyot "Yeti Airlines" aviakompaniyasiga tegishli bo`lgan. Hodisa Poxara aeroportida uchish-qo`nish yo`lagida sodir bo`lgan.
Samolyot qulaganidan so`ng yong`in chiqqan. Halok bo`lganlar va yaralanganlar soni hozircha ma`lum emas.






