AsosiyDunyo

Yaponiya va AQSh Ukraina uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo`llashda davom etadi

'Yaponiya va AQSh Ukraina uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo`llashda davom etadi'ning rasmi

AQSh prezidenti Jo Bayden va Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Vashingtondagi uchrashuvdan so`ng Rossiyaning Ukrainaga ehtimoliy yadroviy zarbasi yuzasidan keskin bayonot berishdi. Bu haqda "Zamon.uz" xabar bermoqda. 

“Biz aniq ta`kidlaymizki, Rossiya tomonidan Ukrainada yadro qurolidan har qanday foydalanish butun insoniyatga qarshi asossiz dushmanlik harakati bo`ladi”, — deyiladi qo`shma bayonotda.

Yaponiya va AQSh rahbarlari, shuningdek, Ukrainani so`zsiz qo`llab-quvvatlagan holda RFga qarshi sanksiyalar qo`llashda davom etishlarini ta`kidladilar.

    Boshqa yangiliklar