AsosiyJamiyat

Toshkentda yo`lovchi avtobusi eshigi ochiq holda harakatlandi (video)

'Toshkentda yo`lovchi avtobusi eshigi ochiq holda harakatlandi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqarda sovuq sabab nosozlik yuzaga kelishi oqibatida avtobus eshiklari ochiq holda harakatlangani tasvirlangan video tarqaldi.

"Toshshahartransxizmat" videoga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, anomal sovuq sababli Toshkent shahridagi 117-yo`nalishda harakatlanuvchi jamoat tarnasporti avtobus eshigining mexanizmidagi havo tizimi muzlab qolgan. Natijada haydovchi avtobus salonida yo`lovchilar borligini inobatga olib, ularni oxirgi bekatga etkazib qo`yish maqsadida harakatni davom ettirgan hamda yo`lovchilarni bekatga etkazgandan so`ng avtobusga texnik yordam ko`rsatilgan.

Avtobusga texnik yordam ko`rsatilib, kamchilik bartaraf etilgandan so`ng soat 15:20 da yana yo`nalishga chiqarilgan.

"Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan barcha avtobus saroyi mutasaddi rahbarlariga tegishli ko`rsatmalar berilib, har shanba kuni bo`lib o`tadigan ‘Haydovchilar kuniʼ yig`ilishida haydovchi va chiptachilarga favqulodda holatlar yuzaga kelgan vaqtda qanday harakatlanish zarurligi bo`yicha yana bir bor tushuntirish ishlarini olib borish zarurligi to`g`risida topshiriqlar berildi", deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar