AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko`p?

'O`zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko`p?'ning rasmi

Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra,  2023 yil 1 yanvar holatiga respublikamizda faoliyat ko`rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 15 801 tani tashkil etgan. 
 Faoliyat kúrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o`tgan yilning mos davriga nisbatan 2 512 taga oshgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
— Rossiya – 3 156 ta
—  Turkiya – 2 204 ta
—  Xitoy – 2 141 ta 
— Qozog`iston – 1 258 ta
— Koreya – 930 ta
—  AQSh – 354 ta
—  Qirg`iz R. – 320 ta
—  Tojikiston – 305 ta
— Ozarbayjon – 266 ta
— Germaniya – 219 ta
— Turkmaniston – 181 ta
— boshqalar – 4 467 ta
​​​​​

    Boshqa yangiliklar