1. Yurak hamda qon-tomir tizimi uchun foydali. Muntazam yugurish bu a`zolarning yanada mustahkam ishlashiga yordam beradi.
2. Qonning kislorod bilan to`yinishiga ko`maklashadi. Jismoniy mashqlarni bajarishga ko`nikkan insonning yuragi kamharakat kishinikiga qaraganda ko`proq qon haydaydi. Qon aylanishi tezlashsa, organizmga kislorod ham ko`proq keladi.
3. Asabiylashishga qarshi samarali vosita. Shifokorlarning ta`kidlashicha, tushkunlik va charchoqdan xalos bo`lish uchun ter to`kish lozim ekan.
4. Organizmning endorfin gormonini ishlab chiqarishiga yordam beradi. Bu gormon kayfiyatingizning ko`tarinki bo`lishiga xizmat qiladi.
5. Aqliy faoliyat yaxshilanadi. Yolg`izlikda yugurish ko`pgina masalalarga echim topish uchun qulay fursat sanaladi. Ochiq havoda yugurilsa, organizm kislorodga to`yinadi, miya hujayralari ham faollashadi.
6. Muntazam yugurish immunitetni yaxshilaydi, chunki qon tarkibida eritrosit va gemoglobin miqdori oshadi. Shuningdek, qonda xolesterin kamayib, ochlik hissi yo`qoladi hamda ovqat hazm bo`lishi yaxshilanadi.
7. Kunning istalgan vaqtida yugurish imkoni bor. Ertalab qonda gormonlar ko`paygan bo`ladi, jismoniy mashq esa tanani qizitib beradi. Kechki payt yugurganda esa kun davomida to`plangan charchoq va asabiylikni quvish, tinch uyquga erishish mumkin.
8. Olimlar tomonidan yugurish davomida zararlangan jigar hujayralarining tiklanishi isbotlangan. Shuningdek, buyraklardagi zo`riqish bartaraf etiladi, ularning faoliyati yaxshilanishiga turtki bo`ladi.





