AsosiyJamiyat

Xalqaro yo`nalishlardagi muntazam avtobus qatnovlari vaqtinchalik to`xtatildi

'Xalqaro yo`nalishlardagi muntazam avtobus qatnovlari vaqtinchalik to`xtatildi'ning rasmi

Shu kunlarda qo`shni Qozog`iston Respublikasi va Rossiya Federasiyasida kuzatilayotgan kuchli sovuq tufayli yo`llarda muzlamalar hosil bo`lib, avtotransport vositalarida texnik nosozliklar kelib chiqishi natijasida yo`lovchilar qiyin vaziyatlarga tushib qolish holatlari kuzatilmoqda. 

O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabariga ko`ra, noqulay ob-havo sharoitini inobatga olib, yo`lovchi tashuvlari xavfsizligini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasidan xalqaro yo`nalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari joriy yil 13 yanvardan vaqtinchalik to`xtatildi.

Eslatib o`tamiz, Eslatib o`tamiz, kuni kecha Qozog`istonda 69 nafar o`zbekistonlik yo`lovchilar bo`lgan ikkita avtobus yo`lda qolib ketib, odamlar vaqtincha doyga joylashtirildi. Bir muddat o`tib esa “Toshkent–Moskva” yo`nalishida qatnovni amalga oshirayotgan avtobus yo`lida davom etgan. Sal avval TIV O`zbekiston fuqarolariga ob-havo sharoiti barqarorlashgunga qadar Qozog`iston hududi bo`ylab avtotransport vositalari va avtobus qatnovi orqali harakatlanishdan voz kechishlarini tavsiya qildi.


 


 

 

    Boshqa yangiliklar