AsosiyJamiyat

Poytaxt uylarning yaxshi isimayotganiga gaz bosimining pasayishi sabab qilinmoqda

'Poytaxt uylarning yaxshi isimayotganiga gaz bosimining pasayishi sabab qilinmoqda'ning rasmi

Shahar aholisi "Veolia Energy Tashkent" MChJ XKga murojaat qilib, issiqlik ta`minotidagi muammolar to`g`risida xabar bermoqda.

Sovuq ob-havo sababli, issiqlik tashuvchining (issiq suv ta`minoti va isitish) parametrlari pasayishi kuzatilmoqda, bu esa to`g`ridan-to`g`ri shaharda gaz bosimining pasayishi bilan bog`liq holatdir, deyiladi "Veolia Energy Tashkent"  murojaatlarga javobida.

"Issiqlik energiyasini ishlab chiqish uchun gaz zarur, bunday holat esa issiqlik ta`minoti korxonalarining ishiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.

Krizis xolatlarni engib o`tish va shahar aholisini, hamda ijtimoiy ahamiyatga ega infratuzilmalarni issiqlik ta`minoti bilan ta`minlash uchun energoresurslar etkazib beruvchilari bilan "Veolia Energy Tashkent" MChJ XK mutaxassislari kechayu-kunduz ishlamoqdalar", deyladi rasmiy bayonotda.

Ma`lumotda qayd etilishicha, gaz ta`minoti korxonalari - ayrim yirik ishlab chiqarish korxonalariga tabiiy gaz etkazib berish xajmlarini qisqartirish va aholi, elektr va issiqlik ishlab chiqaruvchi korxonalar ("Toshkent issiqlik markazi" DUK, "Toshkent IES" AJ va "Veolia Energy Tashkent" MChJ XK) va ijtimoiy soha ob`ektlariga tabiiy gazni birinchi navbatda etkazib berish choralarini ko`rishmoqda.

Shuningdek, issiqlik ishlab chiqaruvchi korxonalar - shahar issiqlik energiyasining 90 foizini ishlab chiqaradigan issiqlik markazlarining samaradorligini saqlab qolish, gidravlik rejimning yomonlashuviga yo`l qo`ymaslik uchun berilayotgan issiqlik energiyasining bosimini tiklashda har tomonlama harakat qilishmoqda.

Elektr ta`minoti korxonalari esa "Veolia Energy Tashkent"ga qarashli ijtimoiy soha ob`ektlari bo`lgan va shahar issiqlik energiyasining foizini ishlab chiqaradigan maxalliy qozonxonalarni uzluksiz issiqlik energiyasi bilan ta`minlash uchun har tomonlama harakat qilishmoqda.

Korxonaning aytishicha, sovuq ob-havo mavsumida zarur sifatga ega bo`lmagan issiqlik energiyasini etkazib berish uchun to`lovlar amaldagi qonunchilik me`yorlari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 

 

    Boshqa yangiliklar