AsosiyJamiyat

⚡️ O`zbekistondagi barcha gaz "zapravka"lar faoliyati vaqtincha to`xtatildi

'⚡️ O`zbekistondagi barcha gaz "zapravka"lar faoliyati vaqtincha to`xtatildi'ning rasmi

Respublika bo`yicha anomal sovuq harorat davom etayotganligi sababli quvurlarda gaz bosimining keskin pasayishi kuzatilmoqda.

Shu munosabat bilan tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ijtimoiy soha ob`ektlariga etkazib berish choralari ko`rilmoqda.

Shu maqsadda, ayrim yirik ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalariga tabiiy gaz etkazib berish hajmi keskin kamaytirildi hamda avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati qisqa muddatga vaqtincha to`xtatildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Shuningdek, ortadigan talabni to`liq qondirish maqsadida avtobenzin va dizel yoqilg`isi mahsulotlari qo`shimcha miqdorlarda sotuvga chiqariladi, shu jumladan zaxiralar hisobidan.

"Hurmatli vatandoshlar, havo harorati keskin sovigan shu kunlarda imkon qadar jamoat transportlaridan foydalanishingizni, zarurat bo`lmaganda uyda qolishingizni hamda xonadoningizda elektr energiyasi va tabiiy gazdan tejamkorlik bilan foydalanishingizni iltimos qilamiz", -  deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar