AsosiyJamiyat

Buxoroda oshxona va kafelarga gaz etkazib berish vaqtincha to`xtatiladi

'Buxoroda oshxona va kafelarga gaz etkazib berish vaqtincha to`xtatiladi'ning rasmi

Joriy yilning 12 yanvar kunidan boshlab Buxoroda avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobchalari o`z ish faoliyatini soat 7:00 dan to 10:00 ga qadar olib boradi. Bu haqda "Hududgaz Buxoro" gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati xabar qildi.

Ta`kidlanishicha, anomal sovuq harorati kuzatilayotganligi sabab aholi iste`molchilariga tabiiy gazni bir maromda etkazib berish maqsadida AGQKShda ish vaqti qisqartirilmoqda.

Shuningdek, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va ishlab chiqarish tashkilotlariga to anomal sovuq havo harorati o`tib ketguniga qadar tabiiy gazni etkazib berish vaqtinchalik to`xtatiladi.

    Boshqa yangiliklar