Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo`yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi bo`yicha sud jarayoni o`z ishini davom ettirmoqda.
Aniqlanishicha, Dauletmurat Tajimuratov Konstitusiyaga kiritilayotgan tegishli o`zgartirishlar bo`yicha norozilik mitingini o`tkazish bo`yicha Jo`qorg`i Kengesiga rasman murojaat qilgan. Uning murojaatiga asosan miting 5 iyul kuni o`tkazilishi kerak bo`lgan.
Sud majlisida guvoh va ayblanuvchilarning ko`rsatmalari va namoyishlar bo`lib o`tgan kunlarda tasvirga olingan videomateriallar tahlil qilinmoqda. Xususan, ommani tinchlantirish maqsadida ishlatilgan qurollar va ularning ta`sir kuchi hamda qurollarni qo`llashdan oldin ommaning ogohlantirilganiga oid holatlar ham o`rganilmoqda.
Nukus voqelari bo`yicha sudda prokuror Tajimuratovga 18 yil, Qallixanovaga 11 yil, Sportchi Azamat Turdanovga 8 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishini so`radi.
Axmet Smetullaevni 8 yilga, Dao`letmurat Jiemuratovni — 9 yilga, Baxtiyor Qadirbergenovni — 8 yilga, Bayram Seytniyazovni — 7 yilga, Allabay Tokimbetovni — 9 yilga, Qaharman Seytimovni — 6 yilga ozodlikdan mahrum etish so`ralgan.
Azamat Nuratdinovga davlat ayblovchisi 7 yil, Saidabulla Medetovga — 7 yil, Nurlan Nayipovga — 7 yil, Po`lat Shamshetovga — 7 yil, Razbek Bekmuratovga — 8 yil, Sultanbek Kaipovga — 8 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishini suddan so`ragan.
Po`lat Nurniyazovni ayblov tomoni 6 yilga, Sayipnazar Kalimovni — 7 yilga, Nurlan Sultamuratovni — 5 yilga, Arislan Temirxanovni — 7 yilga va Amirbek Adilbekovni — 7 yilga ozodlikdan mahrum etish so`ralgan.
Salamat Kalilaev va Berdax Genjebaevga ayblov tomoni 3 yildan ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishini so`ragan.
Sud majlisida Qoraqalpog`iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o`rganish bo`yicha komissiya a`zolari ishtirok etishmoqda. Olingan ma`lumotlarga ko`ra, jarayonlar belgilangan talablarga muvofiq olib borilmoqda.
12.01.2023 11:10
Dauletmuratov qonuniy miting o`tkazish bo`yicha Jo`qorg`i Kengesdan ruxsat olganmidi?






