“Tolibon” Afg`onistonning Logar viloyatida og`zaki tortishuvdan so`ng ayol hamshiralardan birining qo`lini sindirib, bir qancha erkak shifokorlarni kaltakladi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
Hodisa 11 yanvar kuni viloyat kasalxonalaridan birida sodir bo`lgan. Kasalxonaning bolalar bo`limiga xotini va bolasi bilan borgan Dabihulloh ismli “Tolibon” a`zosi shu bo`lim hamshirasi bilan og`zaki janjallashib qolgan. Janjal hamshira bolalar bo`limida karavot yo`qligi sababli “Tolibon” a`zosining bolasini boshqa xonaga yotqizmoqchi bo`lganidan keyin boshlangan.
Dabihulloh shundan so`ng hamshira xonasining eshigini urgan, natijada hamshira qo`li singan. Voqeadan keyin “Tolibon” a`zosi kasalxonaning erkak shifokorlarini kaltaklagan va haqorat qilgan.






