AsosiyDunyo

Uchinchi jahon urushi bo`lmaydi — Zelenskiy

'Uchinchi jahon urushi bo`lmaydi — Zelenskiy'ning rasmi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “Oltin globus” kino mukofotlari marosimida videomurojaat orqali nutq so`zladi, deya yozmoqda "Zamon.uz".

U o`z nutqida dunyoda Uchinchi jahon urushi bo`lmasligini va Ukraina erlarida Rossiya tajovuzi to`xtatilishini aytib o`tgan.

“Birinchi jahon urushi millionlab odamlarning hayotiga zomin bo`ldi. Ikkinchi jahon urushi esa o`n millionlab odamlarni qurbon qildi. Uchinchi jahon urushi bo`lmaydi. Bu trilogiya emas... Ukrainadagi urush hali tugamagan, ammo vaziyat o`zgarib bormoqda va kim g`alaba qozonishi allaqachon aniq... Umid qilamanki, barchangiz g`alabamiz kuni biz bilan bo`lasiz”, — degan Ukraina etakchisi.

Zelenskiyning nutqini Ukrainaga bir necha bir necha bor tashrif buyurgan aktyor Shon Penn taqdim etgan.

    Boshqa yangiliklar