Xo`jand shahridagi So`g`d viloyati tug`uruqxonasida 11 yanvar kuni birvarakayiga 6 nafar chaqaloq tug`ildi – ikki o`g`il va 4 qiz, deya xabar bermoqda "Asia Plus"
“Bolalar va ularning onasi Muborak Sohibovaning sog`lig`i barqaror deb baholanmoqda, har bir bolaning vazni 600-700 grammni tashkil etmoqda”, — dedi “Asia-Plyus”ga tug`uruqxonadagi shifokor.
Asia-Plusning yozishicha, ilgari mamlakatda uch egizak, to`rt egizak va besh egizak tug`ilishi qayd etilgan. 6 nafar chaqaloq tug`ilishi bilan bog`liq holat birinchi marta sodir bo`lgan. Tojikistonda uchdan ortiq bola tug`gan ayollarni rag`batlantirish to`g`risidagi qonun yo`q. Biroq hokimiyat va alohida fuqarolar bunday onalarga moddiy yordam ko`rsatadilar, deya yozmoqda "Asia Plus".






