AsosiyJamiyat

Qozog`istonda sovuq tufayli yo`lda qolib ketgan 69 nafar O`zbekiston fuqarosining hozirgi ahvoli ma`lum qilindi

'Qozog`istonda sovuq tufayli yo`lda qolib ketgan 69 nafar O`zbekiston fuqarosining hozirgi ahvoli ma`lum qilindi'ning rasmi

Avvalroq joriy yilning 9 yanvar kuni soat 18:00 da “Uzautotrans service” MChJning davlat raqam belgisi  01 344 CGA bo`lgan “YuTONG BUS ZK6122H9” rusumli avtobusi barcha talablarga rioya etgan holda transport vositasi texnik, haydovchilar esa tibbiy ko`rik va maxsus yo`riqnomalardan o`tib, “Toshkent – Moskva” yo`nalishi bo`yicha 26 ta yo`lovchi bilan “Toshkent” avtovokzalidan belgilangan jadval asosida qatnovni amalga oshirish uchun yo`lga chiqqani haqida xabar filgan edik.

Yo`nalish davomida joriy yilning 10 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat tahminan 22:00 da Qozog`iston Respublikasining Aktobe viloyati “Samara – Chimkent” trassasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan noqulay ob-havo sharoiti tufayli yo`llarda vujudga kelgan muzlamalar sabab shu yo`nalishda harakatlanayotgan barcha engil, yuk va jamoat transport vositalari harakati vaqtincha to`xtatildi

Shu jumladan yuqorida ko`rsatib o`tilgan avtobus harakati ham vaqtinchalik to`xtatilgan. Mahalliy hukumatning FVV departamenti tomonidan yo`lovchilar o`sha atrofdagi masjidga vaqtinchalik joylashtirilgan. 

Yo`ldagi muzlar va to`siqlar bartaraf etilgandan so`ng transport vositalari o`z harakatlarini davom ettirishgan. 

Hozirda davlat raqam belgisi 01 344 CGA bo`lgan “Uzautotrans service” MChJning “Toshkent–Moskva” yo`nalishida qatnovni amalga oshirayotgan avtobus Qozog`iston va Rossiya Federasiyasi chegara bojxona postidan o`tmoqda.

Haydovchi bilan o`rnatilgan operativ aloqaga ko`ra avtobusdagi barcha yo`lovchilar sog`-salomat holda yo`nalishda o`z safarini davom ettirmoqda, deyiladi Transport vazirligi xabarida.

    Boshqa yangiliklar