AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda -12 daraja sovuq bo`ladi, bitta viloyatda qor yog`adi

'Bugun O`zbekistonda -12 daraja sovuq bo`ladi, bitta viloyatda qor yog`adi'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida ba`zi joylarda biroz qor yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12° sovuq.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-11° sovuq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Qor ko`chish havfi bor. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar