AsosiyJamiyat

O`zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sezilarli ko`paydi

'O`zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sezilarli ko`paydi'ning rasmi

2023 yil 1 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 35,8 mlrd dollarni tashkil qildi. 

Zaxiralar o`tgan oyga nisbatan 2,3 mlrd dollarga ko`paydi. Ular asosan oltin va xorijiy valyutadan iborat.

Dekabr oyida ikkalasi ham ko`paygan:

valyuta — 1,7 mlrd dollarga ko`paydi (umumiy 11,6 mlrd dollar);
oltin — 600 mln dollarga ko`paydi (umumiy 22,46 mlrd dollar).

Dekabrda O`zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket ikkinchi oy ko`paydi.

Mamlakat zaxiralarida taxminan 395 tonna oltin bor va noyabrga nisbatan 3 tonnaga kamaygan. O`zbekiston 2022 yilning noyabr oyida etti oydan so`ng ilk marta oltin sotdi. Mamlakatning oltin zaxiralari kamayishiga bu holat ham o`z ta`sirni o`tkazgan. Yil boshidan beri O`zbekistonning qimmatbaho metall zaxiralari 35 tonnaga ko`paygan. 

O`zbekiston nega oltin sotdi?

Global oltin narxlari mart oyida 2 050 dollar atrofida shakllangan edi. Biroq geosiyosiy vaziyat oqibatida narxlar yil davomida 1 650 dollardan ham tushib ketdi.

Bu holatda O`zbekiston ko`proq oltin sotib ola boshladi va qimmatbaho metallni xarid qilish bo`yicha jahonda etakchilardan biriga aylandi.

"Biz uchun ikkita omil bor: joriy narx va kelajakdagi narx. Narx ko`tarilmoqdami yoki u o`zining eng yuqori cho`qqisiga etib, pasayyaptimi? Bu biz izlayotgan daqiqa. Agar narx ko`tarilayotgan bo`lsa, kutganimiz ma`qul", — degan edi O`zbekiston Markaziy banki raisi o`rinbosari Behzod Hamroev.

Noyabr oyiga kelib vaziyat birmuncha yaxshilandi va jahonda oltin narxlari 1 800 dollargacha ko`tarildi. Ayni shu davrdan boshlab O`zbekiston yana oltin sotishni boshlagan.

    Boshqa yangiliklar