O`zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida”gi Qonunining 23, 34, 35- moddalariga asosan “O`zbekneftgaz” AJga va tizim korxonalariga 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida kelib tushgan murojaatlarni Boshqaruv apparati bilan ishlash departamenti tomonidan tahlil qilinib, bu bo`yicha aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevga hisobot berildi.
“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruv apparatiga jismoniy va yuridik shaxslardan o`tgan yili kelib tushgan murojaatlar ijrosi tahliliga ko`ra, jami 1 230 ta murojaat kelib tushgan. Barchasi o`rnatilgan tartibda taalluqliligi bo`yicha mas`ul mansabdor shaxslar tomonidan ko`rib chiqilishi ta`minlandi.
Murojaatlarning 1 118 tasi (90,9 %) jismoniy shaxslardan va 112 tasi (9,1 %) yuridik shaxslardan kelib tushgan.
Ulardan
• 525 tasi (42,7 %) elektron; • 452 tasi (36,7 %) yozma; • 253 tasi (20,6 %) esa og`zaki murojaatlardir.
Tahlillarga ko`ra, murojaatlarda ko`tarilgan masalalardan 343 tasi (27,9 %) ishga kirish, 179 tasi (14,6 %) mehnat munosabatlari, 160 tasi (13,0 %) ish haqi va moddiy yordam, 77 tasi (6,2 %) rahbarlarning xatti-harakatlari, 471 tasi esa (38,3 %) boshqa masalalarni tashkil etdi.
Murojaatlarning 610 ta(49,6%)si Qashqadaryo, 136 ta(11,0 %)si Buxoro, 44 ta(3,6 %)si Surxondaryo, 43 ta(3,5 %)si Farg`ona, 39 ta(3,2 %)si Toshkent viloyatidan, 48 ta(3,9 %)si Qoraqalpog`iston Respublikasi hamda 135 ta(11,0 %)si Toshkent shahridan kelib tushganligini ko`rish mumkin.
Murojaatlarning aksariyat qismi jamiyatning boshqaruv apparatida hal etildi, nazoratga olib ko`rib chiqilgan jami 1 230 ta murojaatdan, 347 tasi qanoatlantirildi, 863 tasi bo`yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 3 tasi rad etildi va 17 tasi ish jarayonida.
Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonalari tomonidan jami kelib tushgan 336 ta murojaatdan, 331 tasining ijrosi ta`minlandi va 5 tasi ko`rib chiqilmoqda.
Murojaatlarga tezkor javob berish maqsadida “Onlayn-maslahatchi” moduli orqali fuqarolarga 851 ta onlayn maslahatlar berildi.
Shuningdek, “O`zbekneftgaz” AJning “Ishonch telefoni” orqali aholidan tushayotgan murojaatlariga huquqiy tushuntirish va amaliy yordam ko`rsatildi. 2022 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jamiyatning “Ishonch telefoni” orqali qilingan jami 60 ta murojaat o`rganish talab qilganligi sababli ro`yxatdan o`tkazilib, ijroga qaratilgan bo`lsa, 2300 dan ortiq murojaatlarga og`zaki huquqiy tushuntirishlar berildi.
Kelgusida ham “O`zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi boshqarmalar, departamentlar va hududiy korxonalar rahbarlari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o`z vaqtida ko`rib chiqish yuzasidan barcha zarur choralar ko`rib boriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o`z vaqtida ko`rib chiqish borasidagi ishlar tahlili “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi tomonidan alohida nazoratga olingan.
“O`zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati






