Rossiyaning Nenes avtonom okrugida An-2 engil samolyoti muzlab qolishi tufayli keskin qo`nishni amalga oshirdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
"Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bortda ikki nafar ekipaj a`zosi va o`n nafar yo`lovchi bo`lgan. Voqea joyiga qorda harakatlanadigan mashinalar va vertolyotda quruqlikdagi guruh yuborilgan", deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.
Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo`lgani aytilmoqda.
Tirik qolganlardan biri Rossiya favqulodda vaziyatlar xizmatiga qo`ng`iroq qilib, hodisa haqida ma`lumot bergan. Hodisaga samolyotning muzlashi sabab bo`lgani aytilmoqda.






