O`tgan yilning noyabr oyi oxirida ishga tushirilgan "Toshkent" xalqaro aeroportining jo`nab ketish terminali oldidagi "P1" avtoturargohi test rejimida qog`oz talonlaridan voz kechmoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar bermoqda.
Avtoturargohga kirish va chiqish faqat avtotransport vositalarining davlat raqam belgilarini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Agar raqam belgisini aniqlash iloji bo`lmasa (juda iflos yoki yo`qolgan), tizim abtomobilni to`xtash joyiga kirgazmasligi mumkin. Avtoturargohdan chiqishda tizim yana avtomobilning davlat raqamini aniqlaydi va uni avtoturargohga kirish vaqtida aniqlangan raqam bilan taqqoslaydi. Raqamlar mos kelsa va to`xtash joyi uchun to`lov amalga oshitilgan bo`lsa, tizim mashinani chiqarib yuboradi. Ilgari raqamlari noma`lum bo`lgan avtomashina haydovchilariga qog`oz talon olish taklif etilar edi.
To`lov, avvalgidek, parkomatlar orqali amalga oshiriladi. Agar ilgari qog`oz chiptadan foydalanish mumkin bo`lgan bo`lsa, endi siz o`z raqamingizni parkometrga kiritishingiz va istalgan qulay usulda to`lovni amalga oshirishingiz mumkin.
Shuni ta`kidlash kerakki, AMANO ishlab chiqaruvchisining echimi, bu ANPR kameralaridan foydalish. Qurilmalar Deep Learning algoritmlariga asoslangan ichki raqam belgilarini aniqlash (ANPR) vositasiga ega. Bu esa, avtomashina raqamlarini kameraning o`zi orqali tanib olish imkonini beradi va server hisoblash resurslarini tejaydi.






