Jizzax viloyatining Forish tumanidagi er maydoniga bochka ichida noma`lum shaxsning murdasi topildi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalining “Yangi davr” informasion dasturida ma`lum qilindi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tegishli tartibda surishtiruv va o`rganish ishlari olib borilishi natijasida marhumda qotillik bilan bog`liq yoki boshqa jarohat izlari topilmagan.
Forish tumanining tog` etagida joylashgan “Sayyod” mahallasida suv zaxiralashga mo`ljallangan bochka ichidan 4 yanvar kuni topilgan jasad Bosh prokuraturaning ma`lum qilishicha, 50-55 yoshlar atrofidagi erkak kishiniki.
Sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko`ra, marhum sovqotishi natijasida vafot etgan va unda tan jarohatlari aniqlanmagan. Topilishidan taxminan 20-25 kun avval o`lgan.
Ko`zdan kechirish vaqtida marhumning shimi cho`ntagidan 52 ming so`m pul va kostyumi cho`ntagidan ikki dona daftar chiqqan. Uning nega va qanday qilib bochka ichiga tushgani noma`lum.
Hozirda holat yuzasidan Forish tuman prokuraturasi tomonidan tegrovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






