Samarqandda 26 kg narkotik moddaning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga DXX matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari va Chegara Qo`shinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Bulung`ur tumani hududidan o`tuvchi “o`zbek-tojik” davlat chegarasi yaqinida noma`lum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 20 kg 3 gr. “opiy” va 6 kg 5 gr. “gashish” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan DXX Samarqand viloyati bo`yicha Boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ushbu giyohvandlik vositalari egalarining shaxsiga aniqlik kiritish bo`yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.






