Sal avval qor ko`chkisi xavfi sababli Qamchiq dovoni avtomobillar harakati vaqtincha yopilgani xabar qiligan edi. Ayni paytda Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, amalga oshirilgan zaruriy tadbirlar natijasida 4 yanvar kuni soat 10:00 da Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.
Eslatib o`tamiz, Qamchiq dovonida qor ko`chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli 4 yanvar kuni soat 00:00 dan avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda fuqarolarni qabul qilish – evakuasiya shtabi tuzilib, "O`zbekiston temir yo`llari" AJ hamkorligida yo`lda qolib ketgan yo`lovchilarga maxsus reys orqali poezd qatnovi yo`lga qo`yildi va isinish maskanlari tashkil etildi.
Shuningdek, FVV, YPX va «Qamchiqavtoyo`l» IYFUK xodimlari bilan birgalikda yo`lni qordan tozalash, muzlamalar hosil bo`lishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlari to`xtovsiz olib borildi.






