AsosiyJamiyat

Sirdaryoda ham 7 nafar bola “Dok-1 Maks”dan zaharlandi (video)

'Sirdaryoda ham 7 nafar bola “Dok-1 Maks”dan zaharlandi (video)'ning rasmi

 

Ularning 3 nafari reanimasiyada...

Sirdaryo viloyatida ham “Dok-1 Maks” siropidan 7 bemor zaharlandi. Ularning 4 nafari sog`aygan, 3 nafari ayni vaqtda jonlantirish bo`limida qolmoqda. Bu haqda viloyat Sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Oltinoy Esonova ma`lum qildi. 

U ota-onalardan ushbu dori vositasini sotib olmaslik, ichirmaslikni so`ragan. Shuningdek, viloyatda 6 yoshgacha bo`lgan bolasi bor oilalarga xabarnomalar tarqatilganini aytgan. 

U, shuningdek, bolalarda xolsizlik, ko`ngil aynishi, qusish, tana haroratining ko`tarilishi kuzatilsa shifokorga murojaat qilish zarurligini eslatgan. 

Eslatib o`tamiz, 2023 yil 2 yanvar kuni Farg`onada 3 yashar bola “Dok-1 Maks” siropini ichishi oqibatida doridan o`tkir zaharlanish tashxisi bilan davolanayotgan bolakay vafot etgani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar