Bugun, 3 yanvar kuni Farg`ona viloyatining Dang`ara tumanida avtomobillarning ehtiyot qismlari sotiladigan do`konlar yonib ketdi. Holat yuzasidan viloyat FVB ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa soat 12:26 da Dang`ara tumanining Toshkent ko`chasida joylashgan “Fayzli istiqlol servis”ga qarashli MChJ xududidagi avtomobil ehtiyot qismlari sotiladigan savdo do`konlarda yuz bergan.
Hodisa oqibatida 4 ta konteynerning taxminan 40 kvadrat metr maydonda ichki qismi hamda savdo do`koni ichida bo`lgan avtomobil ehtiyot qismlari yonib zararlangan.
Yong`in-qutqaruvchilar voqea joyiga soat 12:40 da etib borib, yong`inni to`liq o`chirishgan.
Hozirda yong`inning kelib chiqish sabablari o`rganilmoqda. Yong`in natijasida tan-jaroxati olganlar va jabrlanganlar yo`q.






