Qoraqalpog`istonning Nukus shahrida 1 yanvar kuni mast erkak ko`p qavatli binoning tomiga chiqib yugurdi. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 14:30 da boshqarmaning 1050 qisqa raqamiga xabar kelib tushgan. Unga ko`ra, qutqaruv bo`linmasi hodisa joyiga etib borgan.
Maxsus bo`lim Nukus shahri 23-mitti tumanga etib borganda 1987-yilda tug`ilgan mast holdagi erkak tomning ustiga chiqib olgani ma`lum bo`lgan.
Qutqaruv guruhi etib borgach erkakning tomdan tushishiga amaliy ko`mak bergan. Hodisa oqibatida hech kimga tan jarohati etmagan.






