AsosiyJamiyat

Boshlang`ich sinf darsliklari vazni 300 gramm etib belgilandi

'Boshlang`ich sinf darsliklari vazni 300 gramm etib belgilandi'ning rasmi

Hukumatning 2022 yil 28 dekabrdagi 726–sonli qarori bilan ta`lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi talablarini belgilashning umumiy texnik reglamenti tasdiqlandi.

Reglament bilan quyidagilar belgilandi:

  • maktabgacha, umumiy o`rta va o`rta maxsus hamda professional ta`lim sohasida foydalaniladigan matbaa mahsulotlarining xavfsizligiga qo`yiladigan talablar;
  • yozuv uchun mo`ljallangan matbaa mahsulotlariga ko`yiladigan xavfsizlik talablari;
  • o`quv nashrlari va qo`shimcha ta`lim uchun nashrlar xavfsizligiga qo`yiladigan talablar;
  • yozuv uchun matbaa mahsulotlari, o`quv nashrlari va qo`shimcha ta`lim nashrlarini qadoqlashga doir talablar;
  • matbaa mahsulotini identifikasiyalash, namunalarni tanlash va nazorat qilish uslublari.

Reglament foydalanuvchilarning hayoti va sog`lig`ini saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, iste`molchilarning chalg`ishiga olib keluvchi harakatlar oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan.

Jumladan, umumiy o`rta ta`lim va o`rta maxsus hamda professional ta`lim uchun o`quv nashrlarida tor yoziladigan shriftlar qo`llash mumkin emas.

Shuningdek, ta`lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlarida gazeta qog`ozi va yaltiroq qog`ozdan foydalanishga yo`l qo`yilmaydi.

Yosh toifasiga qarab nashrlar:

  • 1-4-sinflar;
  • 5-9-sinflar;
  • 10-11-sinflarga mo`ljallanadi.

Nashr vazni darsliklar uchun:

  • 1-4-sinflar uchun 300 grammdan;
  • 5-6-sinflar uchun 400 grammdan;
  • 7-9-sinflar uchun 500 grammdan;
  • 10-11-sinflar uchun esa 600 grammdan oshmasligi kerak.

1-4-sinflar uchun adabiyotlarda rangli bo`yoqlar, shriftni belgilash, chizilgan shriftlar, ko`p ustunli terish qo`llanmaydi.

Reglament rasman e`lon qilingan kundan e`tiboran 6 oy o`tgach amalga kiritiladi.

    Boshqa yangiliklar