AsosiyJamiyat

Surxondaryoda 33 yoshli Labo haydovchisi avtomashina kanalga tushib ketishi oqibatida halok bo`ldi

'Surxondaryoda 33 yoshli Labo haydovchisi avtomashina kanalga tushib ketishi oqibatida halok bo`ldi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatida 33 yoshli fuqaro mashinasi bilan ko`prikdan qulab tushishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu voqea joriy yilning 1 yanvar kuni soat 20:00 da sodir bo`lgan.

33 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Labo avtomashinasi Angor tumanidagi “Zang” kanalidan o`tuvchi ko`prikdan qulab tushgan. Oqibatda haydovchi voqea joyida halok bo`lgan. Avtomobilda boshqa shaxslar bo`lmagan.

Mazkur vaziyat o`rganilganda haydovchi mast holda bo`lgani aniqlangan. Shuningdek, kanaldan o`tuvchi ko`prik talabga javob bermaydigan ahvolda bo`lgan hamda yo`l belgilarining sifati yaxshi bo`lmagan.

    Boshqa yangiliklar