AsosiyDunyo

Qirg`izistonda fonogramma taqiqlandi

'Qirg`izistonda fonogramma taqiqlandi'ning rasmi

Qirg`izistonda barcha davlat muassasalari va ommaviy tadbirlarda fonogramma orqali ijro etish taqiqlandi.

Tegishli buyruq 2022 yil 30 dekabrda Madaniyat vaziri Altinbek Maksutov tomonidan imzolangan. 

Vazirlik tasarrufidagi barcha davlat madaniy-ma`rifiy muassasalarida (teatr, sport muassasalari, filarmoniya, konsert zallari, kinozal, klub, muzey, kutubxonalar), konsert dasturlarida, madaniy-ma`rifiy tadbirlarda, shaxsiy yoki buyurtma asosidagi chiqishlardan qat`i. nazar musiqa jonli ijro etilishi kerak.

Vazir buyruq ijrosi uchun har bir muassasa mas`ul bo`lishini aytib, buyruq ijrosini shaxsan o`zi nazorat qilishi haqida ogohlantirdi.

    Boshqa yangiliklar