11 yanvardan Toshkentdagi metro bekatlariga yaqin joylashgan 16 ta oliy ta`lim muassasasining ish grafigi 9:30 ga o`zgaradi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Transport vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligining qarori qabul qilingan.
Qayd etilishicha, bu o`zgarish tig`iz vaqtlarda metropolitenda yo`lovchi oqimini maqbullashtirish bilan bog`liq. Tegishli ta`lim muassasalarida ish grafigi maqbullashtirilgandan so`ng tig`iz vaqtlarda metropolitenda yo`lovchi oqimini to`g`ri taqsimlash bo`yicha qo`shimcha choralar ko`riladi.
Quyidagi oliy ta`lim muassasalarida darslar 9:30 dan boshlanadi:
– Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti;
– Cingapur menejmentni rivojlantirish instituti;
– Puchon universiteti;
– TMS instituti;
–Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
– G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali;
– O`zbekiston davlat konservatoriyasi;
– Vebster universiteti;
– Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
– Toshkent farmasevtika instituti;
– Toshkent davlat yuridik universiteti;
– Toshkent moliya instituti;
– Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
– Toshkent davlat texnika universiteti;
– Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;
– Yangi O`zbekiston universiteti.






