Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi xonadonda yuz bergan yong`inda ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
Xabar qilinishicha, yong`in 2023 yil 1 yanvar kuni soat 5:00 da Kosonsoy tumani “Navbahor” mahalla fuqarolar yig`ini hududidagi xonadonlarning birida sodir bo`lgan. Oqibatda uyning shift qismidan 20 kvadrat metr joyi hamda uy jihozlari yonib zararlangan.
Yong`in vaqtida xonadon egasining o`g`li 1994 yilda tug`ilgan erkak va uning turmush o`rtog`i 1995 yilda tug`ilgan ayolning kuygan holdagi jasadi topilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Viloyatning Chust, Namangan va Norin tumanlarida ham 31-dekabrdan 1-yanvarga o`tar kechasi yong`in yuz bergan. Qurbonlar yo`q.






