AsosiyJamiyat

O`zbekiston Eksportchilari uyushmasiga yangi rahbar tayinlandi

'O`zbekiston Eksportchilari uyushmasiga yangi rahbar tayinlandi'ning rasmi

Shu kunga qadar O`zbekiston Eksportchilari uyushmasi raisining birinchi o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Malikov Yorqin Erkinjonovich O`zbekiston Eksportchilari uyushmasiga rais etib tayinlandi. BU haqda uyushma axborot xizmati Darakchi.uz ga ma`lum qildi. 

Yorqin Erkinjonovich 2010-2018 yillar davomida «Evro Star Trade» oilaviy korxonasi direktori o`rinbosari bo`lib ishlagan. 2018 yildan hozirga qadar - «PRIME HOLDING» MChJ direktori, 2019 yildan O`zbekiston eksportchilari uyushmasi boshqaruv raisining birinchi o`ribosari, 2021 yildanO`zbekiston biznesni  rivojlantirish uyushmasi raisi, 2022 yildan hozirgi vaqtga qadar Tadbirkorlar uyushmasi raisi, shu bilan birga, Xalq deputatlari Olmazor tumani kengashi deputati sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar