AsosiyJamiyat

Bayram oqshomida Toshkentdagi ko`p qavatli uylardan birida yong`in sodir bo`ldi

'Bayram oqshomida Toshkentdagi ko`p qavatli uylardan birida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Kecha, 31 dekabr kuni soat 21:00 larda Yangihayot tumanining “Olchazor” mahallasidagi ko`p qavatli uylarning 12 chi qavati, balkon qismida (5 kv.metr joy) yong`in kelib chiqdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Voqea joyiga tuman favqulodda vaziyatlar bo`limi xodimlari etib kelishdi va yong`in zudlik bilan bartaraf etildi. Tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan vaziyat nazoratga olingan.

Yong`in oqibatida jabrlanganlar yo`q. Yong`in kelib chiqish sababi hozirda ma`lum emas.

 

    Boshqa yangiliklar