Yangi - 2023 yil kirib kelishi munosabati bilan O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev nomiga xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, etakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, taniqli davlat va jamoat arboblaridan samimiy tabriklar kelmoqda.
Qutlovlarda mamlakatimiz etakchisi rahbarligida Yangi O`zbekistonni barpo etish bo`yicha amalga oshirilayotgan islohotlar har tomonlama qo`llab-quvvatlangan, olib borilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosatning samaradorligi qayd etilgan.
O`zbekistonning ko`p millatli xalqiga yangi muvaffaqiyatlar va farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.
Jumladan, quyidagilar o`z tabriklarini yo`llagan:
Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin;
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin;
Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev;
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko;
Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol;
Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer;
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Bosh vaziri Rishi Sunak;
Italiya Respublikasi Prezidenti Serdjo Mattarella;
Polsha Respublikasi Prezidenti Andjey Duda;
Latviya Respublikasi Prezidenti Egils Levits;
Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yokub;
Mo`g`uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux;
Laos Xalq-Demokratik Respublikasi Prezidenti Txonglun Sisulit;
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;
Quvayt Davlati Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Iroq Respublikasi Prezidenti Abdullatif Rashid;
Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
Yangi Zelandiya General-gubernatori Sindi Kiro;
San-Marino Respublikasi kapitan-regentlari Mariya Luiza Berti va Manuel Chavatta;
Rossiya Federasiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin;
Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Raisi Valentina Matvienko;
Xitoy Xalq Respublikasi Raisining o`rinbosari Van Sishan;
Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Kesyan;
Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min;
Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Ijroiya qo`mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev;
Iqtisodiy taraqqiyot tashkiloti bosh kotibi Xusrav Noziriy;
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliev;
Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti bosh kotibi Yens Stoltenberg;
Jahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.






