Qo`qonlik K.Hasanov 2019 yilda Moskvaga ishlash uchun borib, tarmoqlar orqali Suriyadagi "Tavhid va jihod katibasi" terroristik tashkiloti a`zolari ta`siriga tushib qolib, ularga yordam berish uchun "moliyaviy jihod" qilishga ahd qiladi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Qo`qonda yashovchi tanishi S.Zokirovni ham Suriyadagi birodarlarga moddiy yordam berishga undagan. U O`zbekistonda yashovchi shaxslarni "moliyaviy jihod"ga chorlashi va ular bergan pullarni Suriyadagi terrorchilarga yuborishi kerak bo`lgan.
Topshiriqga ko`ra, S.Zokirov "Telegram" orqali Suriyaning Idlib shahrida yashovchi shaxs bilan bog`lanib, unga 50 ming AQSh dollari yuborishni rejalashtirgan.
DXX tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda S.Zokirov bu pul mablag`ini yubormoqchi bo`lgan vaqtida jinoyat ustida qo`lga olindi.
K.Hasanov xorijda ushlanib, O`zbekistonga olib kelindi.
K.Hasanov 8 yil, S.Zokirov esa 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.






