Kecha, 30 dekabr kuni Namangan shahridagi xonadonlarning birida yong`in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 17:50 da FVBga Namangan shahar “Ziyokor” MFY hududidagi xonadonlarni birida yong`in sodir bo`layotgani haqida xabar kelib tushgan. Xabarga asosan yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga borib, sodir bo`lgan yong`inni soat 18:30 da to`liq bartaraf etgan.
Hodisa oqibatida kuyib tan jarohati olganlar yo`q. Xonadonning 50 kvadrat metr maydonda shift-tom qismi, uy jihozlari va xonadon egalariga tegishli hujjatlar yonib zararlangan.
Hozirda sodir bo`lgan yong`in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






