Kecha, 27 dekabr kuni Rossiyaning Rostov viloyati Novocherkassk shahrida harbiy kazarma yonib ketdi. Bu haqda “24 kanal” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, yong`in Persiyanovskiy qishlog`idagi 150-motoo`qchilar diviziyasi kazarmasida sodir bo`lgan. Yong`in harbiy binoning ikki qavatini butunlay vayron qilgan. Qurbonlar va yong`in sabablari haqida ma`lumot berilmagan.






