Sirdaryo viloyatida 16 yoshli qiz ota-onasi tomonidan turmushga chiqish uchun majburlanayotgani aytilmoqda. Bu haqdagi ma`lumotlarni ushbu oilaga yaqin bo`lgan inson aytib berdi.
Uning aytishicha, qiz turmushga chiqishdan bosh tortgani uchun ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Ona farzandini bu ishi uchun kaltaklab, sochlarini yulib, polda sudrab, majburlagan. Lekin qiz u odamni sevmagan va turmushga chiqishni xohlamagan.
"Qiz a`lochi edi, lekin noyabr oyidan beri maktabga bormayapdi. U onasi tomonidan kaltaklanganini aytib, direktordan yordam so`ragan. Lekin direktor uni himoya qilish o`rniga maktabga kelishini taqiqlab qo`ygan.
Dekabr oyi boshida qiz prokuraturaga ariza yozgan, ammo hujjat tuman ichki ishlar boshqarmasiga yuborilgan, va u erda, ehtimol, axlat chelagiga tashlab yuborilgan. Hech qanday natija yo`q, unga yana ruhiy kasalxonaga yotqizish bilan tahdid qilishmoqda, suhbatlar yozib olingan telefonini tortib olishdi, uni kaltaklashda davom etishmoqda.
Bu qichqiriqlarni qo`shnilar eshitib, bir necha marta ichki ishlarga qo`ng`iroq qilishgan. Kecha yana qo`ng`iroq qilishgan shekilli, chunki qizning onasi menga shikoyat qilib, xabar yozdi. Uning so`zlariga ko`ra, uchastka noziri hamisha uning tarafida, qiziga rahmi kelmaydi va qizi unga hech kim yordam bermasligini tushunib etishi uchun har kuni kaltaklaydi. Ona o`zining jazosizligiga amin va qizini 16 yoshida o`z xohishiga qarshi turmushga berishga tayyor, chunki ular qiz uchun katta miqdorda qalin puli berishgan. U yozishmalarni allaqachon o`chirib tashlagan, ammo men skrinshot olishga muvaffaq bo`ldim. Qizni qutqarish kerak", - deyiladi fuqaroning bayonotida.
Ushbu holat sababli rasmiylardan, shu jumladan, Ichki ishlar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Bosh prokuratura va Xalq ta`limi vazirligidan holatga izoh berib, aybdorlarni javobgarlikka tortishda yordam so`ralgan.
"Obektiv tekshiruv bo`ladimi? Jinoyatchilar aniqlansa, ular qanday jazoga tortilgani jamoatchilikka ma`lum qilinadimi? Biz so`rov bo`yicha ma`lumotlarni tegishli organlarga yuboramiz", - deyiladi xabarda.






