Islom sivilizasiyasi markazi fondiga aholi va shaxsiy kolleksiyalardan 626 ta qo`lyozma va 985 ta toshbosma asarlar, jami 1611 ta manba qabul qilingan. Bu haqda AOKAda Islom sivilizasiyasi markazi rahbari va mutasaddilari ishtirokida o`tkazilayotgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.
Qayd etilishicha, Islom dini merosini saqlash, manbashunoslik va qo`lyozmalar bilan ishlash bo`yicha Respublika fondlarida saqlanayotgan 52 ming 255 ta (shundan 21 ming 670 ta qo`lyozma, 30 ming 585 ta toshbosma) qadimgi yozma manbalar to`g`risida ma`lumotlar bazasi yaratilgan.
Yil boshidan buyon ilmiy ahamiyatga ega bo`lgan 11 ta yozma manba tarjima qilini, chop etishga tayyorlangan.
Qur`oni karim bo`limi ekspozisiyasi uchun Qur`oni karimning 28 ta nodir qo`lyozmasidan iborat kolleksiya shakllantirilgan.
Qatar milliy kutubxonasidan 2 ming 635 ta foto-hujjat, qo`lyozmalar, arxiv hujjatlari, Turkiya Respublikasi olimlari qo`lyozmalar kolleksiyasining ma`lumotlar bazasidan 70 mingdan ortiq, AQSh kongressi kutubxonasidan 558 ta ko`lyozma va foto-hujjatlar, «TurkTAV» fondidan 20 mingdan ziyod noyob kitoblar, Misrning «Al-Azhar» majmuasidan Alisher Navoiyga oid 5 dona, Kamoliddin Behzodga oid 6 dona elektron manbalar olindi.






