AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklarning har 1000 nafariga qancha avtomobil to`g`ri keladi?

'O`zbekistonliklarning har 1000 nafariga qancha avtomobil to`g`ri keladi?'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi bergan ma`lumotga ko`ra, O`zbekiston aholisining har 1000 kishisiga o`rtacha 87 ta engil avtomobil to`g`ri kelmoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasida har 1000 nafar doimiy aholiga o`rtacha 87 ta engil avtomobil to`g`ri kelmoqda.

Hududlar kesimida har 1000 nafar doimiy aholiga o`rtacha to`g`ri keladigan engil avtomobillar soni quyidagicha:

  • Qoraqalpog`iston Respublikasida – 66 ta;
  • Andijon viloyatida – 64 ta;
  • Buxoro viloyatida – 100 ta;
  • Jizzax viloyatida – 60 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 72 ta;
  • Navoiy viloyatida – 87 ta;
  • Namangan viloyatida – 68 ta;
  • Samarqand viloyatida – 92 ta;
  • Surxondaryo viloyatida – 64 ta;
  • Sirdaryo viloyatida – 70 ta;
  • Toshkent viloyatida – 106 ta;
  • Farg`ona viloyatida – 77 ta;
  • Xorazm viloyatida– 104 ta;
  • Toshkent shahrida– 178 ta.

Ma`lumot uchun, ushbu statistik ma`lumotlar bir yilda bir marotaba e`lon qilinadi.

    Boshqa yangiliklar