AsosiyDunyo

Lavrov: AQSh Putinni yo`q qilish bilan tahdid qilmoqda

'Lavrov: AQSh Putinni yo`q qilish bilan tahdid qilmoqda'ning rasmi

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning so`zlariga ko`ra, Pentagondagi ayrim rasmiy shaxslar Kremlga qaqshatqich zarba berish bilan tahdid qilgan. Bu Rossiya Prezidentining jismoniy yo`q qilinishini anglatadi, degan diplomat. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

"Vashington oldinda bormoqda: u erda ayrim "nomi tilga olinmagan" shaxslar Kremlga zarba berish bilan tahdid qildi, bu Rossiya davlati rahbarining jismoniy yo`q qilinishini anglatadi. Agar bu kabi rejalar haqiqatdan ham ko`rib chiqilayotgan bo`lsa, buni o`ylagan odam oqibatlar haqida yaxshilab fikr yuritishi kerak", — degan vazir.

Bundan tashqari, Lavrov Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiyaga oldindan yadro zarbalari bo`yicha NATO bilan kelishib olganini iddao qilgan. Diplomatning so`zlariga ko`ra, yadro urushida g`olib bo`lmaydi va u hech qachon boshlanmasligi kerak.

RF bosh diplomati Kievning AQSh va NATOning boshqa a`zolarini nizoga tortishga harakat qilayotganlikda ayblagan.

    Boshqa yangiliklar