AsosiyJamiyat

Rahbar kadrlarning davlat tili bilan bog`liq bilimlari sinovdan o`tkazildi

'Rahbar kadrlarning davlat tili bilan bog`liq bilimlari sinovdan o`tkazildi'ning rasmi

2022 yil 26 dekabr kuni rahbar kadrlar va mas`ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo`yicha test sinovlari bo`lib o`tdi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi. 

Test sinovlari rahbar kadrlar va mas`ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda talabgorlarning o`qib tushunish, imlo qoidalarini to`g`ri qo`llay olish, so`z va qo`shimchalardan to`g`ri foydalana bilish, tinish belgilarini o`z o`rnida ishlata olish hamda topshiriqqa ko`ra mos rasmiy hujjat matnini tayyorlash kabi ko`nikmalari tekshirildi.

 Test sinovi natijalari 15 ish kuni ichida Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali e`lon qilinadi.

    Boshqa yangiliklar