AsosiyDunyo

"Tolibon" ayollarga yana cheklov qo`ydi

'"Tolibon" ayollarga yana cheklov qo`ydi'ning rasmi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Afg`onistonda ayollarning nohukumat tashkilotlarda ishlashi taqiqlanganidan xavotir bildirdi. Bu haqda xalqaro tashkilot vakili Stefana Dyujarrik bayonotida ma`lum qilindi, deb xabar beradi Anadolu agentligi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda. 

"Ushbu qaror ayollar va qizlarga yordam beradigan ko`plab tashkilotlar faoliyatiga zarar etkazadi. Odamlar hayotini saqlab qolish uchun afg`on ayollariga xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilishni taqiqlash afg`on xalqiga ko`proq azob-uqubatlar keltiradi", — dedi S.Dyujarrik.

Eslatib o`tamiz, "Tolibon" hokimiyatga kelganidan keyin afg`on ayollariga nisbatan taqiq kuchaygan: endi afg`on ayollari bog`da sayr qila olmaydi, universitetlarda o`qiy olmaydi.

    Boshqa yangiliklar