Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryodagi shifoxonada portlash yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi.
Viloyat IIB ma`lum qilishicha, hodisa 2022 yil 24 dekabr taxminan soat 07:00 larda sodir bo`lgan. Qarshi shahar “Ravoq” mahallasida joylashgan viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasiga qarashli salomatlikni tiklash shifoxonasi ikkinchi qavatidagi xonalardan birida chaqnash sodir bo`lgan.
Natijada ikki nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






