AQSh Senati 2023 moliyaviy yil uchun byudjet loyihasini qabul qildi. Uning umumiy hajmi 1.7 trillion dollarni tashkil etib, shundan 44.9 milliard dollar Ukraina uchun ajratiladi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Shu yilning o`zida Kongress Kievga jami 67 milliard dollarlik yordamni ma`qullagan.
Ukrainaning AQShdagi elchisi Oksana Markarovaning so`zlariga ko`ra, 45 milliard dollar quyidagi maqsadlarda sarflanadi:
— 28.4 milliardlik dollar harbiy yordam;
— 13.37 milliard dollar iqtisodiy yordam;
—4.92 milliard dollar gumanitar yordam uchun;
Harbiy yordamning 9 milliardi ta`minot uchun, 11.88 milliard dollar Kievga berilgan texnika va o`q-dori o`rnini to`ldirish uchun va 7 milliard dollar Ukraina bilan bog`liq AQShning Evropa qo`shinlari qo`mondonligi ishi uchun sarflanadi.






